Magnitosfera buzilishining dastlabki belgilari 21 iyul, dushanba kuni soat 21:00 dan boshlab namoyon bo‘ladi. Keyingi 24 soat ichida kichik magnit bo‘roni (to‘rtinchi daraja) kuzatiladi. 22 iyul, seshanba kuni kechqurun geomagnit faollik beshinchi darajaga ko‘tariladi va buzilishlarning cho‘qqisi ikki kun davom etadi.
24 iyul, payshanba oqshomidan boshlab bo‘ronning intensivligi uchinchi darajagacha pasayadi. Kuchsiz magnit bo‘roni 24 soat davom etadi. 26-27 iyul, shanbadan yakshanbagacha yana bir kichik bo‘ron kutilmoqda.
Ushbu kunlarda jismoniy faoliyatni cheklash va yog‘li, shirin ovqatlar, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish tavsiya etiladi. Stressli vaziyatlar va nizolardan yiroq bo‘lish ham muhimdir.
Yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘riganlar oldindan kerakli dori-darmonlarni tayyorlab qo‘ysalar, zarar qilmaydi. Geomagnit faollik davrida qon bosimining ko‘tarilishi, yurak urish tezligining oshishi va nafas olish qiyinlashishi mumkin. Ko‘pincha uyqusizlik kuzatiladi. Bu kunlarda odamlar asabiylashadi, bezovtalanadi va tez charchaydi. Bo‘g‘imlarda va mushaklarda og‘riq turadi.