Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

IX qishki Osiyo o‘yinlariga Xitoy mezbonlik qiladi

A A A
IX qishki Osiyo o‘yinlariga Xitoy mezbonlik qiladi

2025 yili o‘tkaziladigan IX qishki Osiyo o‘yinlariga Xitoyning Xarbin shahri mezbonlik qiladi.

Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi xabar tarqatdi. Unda aytilishicha, Osiyo Olimpiya kengashi hamda IX qishki Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi Xitoy olimpiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda o‘yinlar o‘tadigan sanalarni ham keng jamoatchilikka e’lon qildi.

Kelishuvga ko‘ra IX qishki Osiyo o‘yinlari kelgusi yilning 7-14 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, VIII qishki Osiyo o‘yinlariga 2017 yil Yaponiyaning Sapporo va Obihiro shaharlari mezbonlik qilgandi.

Kiritildi: 08:13 21.02.2024. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!