Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Italiyaning Leonardo kompaniyasi Ukrainada yangi havo mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazadi

Italiyaning Leonardo kompaniyasi Ukrainada yangi havo mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazadi



Italiyaning mudofaa kompaniyasi Leonardo 2026 yil oxiriga qadar Ukrainada Michelangelo Dome havo va raketa mudofaa tizimining dastlabki elementlarini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ilk sinovlar asosan uchuvchisiz apparatlarga qarshi komponentiga qaratilgan bo‘ladi.

Michelangelo Dome — alohida qurol emas, balki radarlar, raketalar, zenit artilleriyasi, uchuvchisiz apparatlarga qarshi vositalar va boshqa sensorlarni yagona tarmoqqa birlashtiruvchi ochiq arxitektura.
Tizimning markaziy elementi MC5 moduli bo‘lib, u turli sensorlar va zarar yetkazish vositalari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi. Arxitektura kichik dronlardan tortib ommaviy hujumlar va ballistik raketalargacha bo‘lgan tahdidlarga qarshi ishlashga mo‘ljallangan.

Leonardo Kiyevda maxsus bo‘linma ham tashkil etgan. Kompaniya Ukrainadagi jangovor tajribadan foydalanib, tizimni takomillashtirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 17:00 08.09.2026. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!