Sisiliya mafiyasi yetakchilaridan biri Matteo Messina Denaro kasalxonada vafot etdi.
Bu haqda RaiNews24 xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, “Koza Nostra”ning 62 yoshli rahbari yo‘g‘on ichak saratonidan davolanayotgan va 22 sentyabrdan beri komada edi.
30 yil yashirinib yurgan Denaro yanvar oyida Italiyada hibsga olingan edi.