Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Italiyadagi mashhur Etna vulqoni 4,5 kilometrga otildi

Italiyadagi mashhur Etna vulqoni 4,5 kilometrga otildi

Aprel oxirlarida qayta uyg‘ongan Italiyaning Sisiliya orolidagi mashhur Etna vulqoni shu kunlarda yana faollashdi. Mahalliy “La Nuova Sicilia” nashrining ma’lum qilishcha, kecha kechqurun bu yerda 4 ming 500 metr balandlikkacha ko‘tarilgan quyuq tutun va kuldan iborat ustun hosil bo‘lgan.
Janubi-Sharqiy Yangi krater deb nomlangan hududda 2007 yilda paydo bo‘lgan mazkur vulqonning bu galgi faoliyati qariyb uch soatcha davom etdi va keyin so‘na boshladi. Atmosferaga otilgan tutun janubi-g‘arb tomonga qarab tarqaldi.
Tabiiy hodisa Etnaga yaqin joylashgan Katanya shahridagi aeroport faoliyatiga ta’sir o‘tkazgani yo‘q. Havo porti koronavirus epidemiyasi natijasida qisqartirilgan jadval asosida samolyotlarni qabul qilib, jo‘natib turibdi.

Kiritildi: 11:55 23.05.2020. O'qildi: 2240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!