Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Italiyada muzlik qulashi oqibatida 16 nafar sayyoh bedarak yo‘qoldi. 6 kishi o‘ldi

Italiyada muzlik qulashi oqibatida 16 nafar sayyoh bedarak yo‘qoldi. 6 kishi o‘ldi

Italiyada muzlik qulashi oqibatida 16 nafar sayyoh bedarak yo‘qolgan, yana olti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda 3 iyul, yakshanba kuni ANSA mahalliy qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Marmolada muzligi bir qismining mamlakat shimoli-sharqiy qismidagi Dolomitlar tog‘iga tushishiga ushbu hudud uchun havo haroratining oshishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, muzlikdan ajralgan massa soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlangan, shu sababli voqea joyida bo‘lgan dam oluvchilar tog‘ni vaqtida tark etish imkoniga ega bo‘lmagan.

Hozirda kamida olti nafar halok bo‘lgan va sakkiz nafar sayyoh yaralangani xabar qilingan. Yana 16 kishining taqdiri hozircha ma’lum emas. Yo‘qolganlar orasida Italiya, Germaniya, Chexiya va Ruminiya fuqarolari bor. Qutqaruv ishlariga qutqaruv guruhlari va beshta vertolyot jalb etilgan, biroq yo‘qolganlarni qidirish ishlari muzliklarda yangi qor ko‘chkilari xavfi saqlanib qolayotgani sababli murakkablashmoqda.

Kiritildi: 11:58 04.07.2022. O'qildi: 1937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!