Bugun va ertaga Italiya fuqarolari migrasiyaga oid referendumda ishtirok etishadi. Unda mamlakatda yashovchi muhojirlar uchun fuqarolik olish muddatini 10 yildan Germaniya va Fransiyadagi kabi 5 yilgacha qisqartirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Agar referendum ma’qullansa, bu Italiyadagi immigrasiya qonunchiligini yumshatishga qarshi bo‘lgan o‘ngchi bosh vazir Jorja Meloni hukumati uchun jiddiy muammo keltirib chiqarishi mumkin. Melonining o‘zi hukumat a’zolari bilan birga referendumda ishtirok etishini, biroq ovoz bermasligini aytgan. Uning bu qarori jamoatchilik tomonidan «nodemokratik yondashuv» sifatida tanqid qilindi.
So‘rovnomalarga ko‘ra, referendum 40% dan ortiq ovoz to‘play olmaydi. Ushbu tashabbus qonuniy kuchga kirishi uchun eng kamida 50% ovozga ega bo‘lishi lozim.