Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Italiyada Isroil vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan tergov boshlandi

Italiyada Isroil vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan tergov boshlandi

Italiya prokuraturasi Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan tergov boshladi. Tergov G‘azoga yo‘l olgan gumanitar flotiliya faollarining qo‘lga olinishi va ularga nisbatan munosabat bilan bog‘liq. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Rim prokuraturasi olib borayotgan surishtiruv Ben-Gvirning faollar Isroilning Ashdod portida saqlangan paytdagi harakatlariga qaratilgan. Xabarlarga ko‘ra, o‘sha vaqtda faollarning qo‘li orqadan bog‘langan holatda bo‘lgan.

Tergovchilar, shuningdek, Isroil rasmiylarining kemalarni ko‘zdan kechirish va faollarni hibsga olish jarayonidagi boshqa harakatlarini ham o‘rganmoqda. Ushlanganlar orasida bir necha Italiya fuqarolari ham bo‘lgan.

Prokuratura qiynoqlar va odam o‘g‘irlash bilan bog‘liq ehtimoliy ayblovlarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Isroilning G‘azoga yo‘l olgan “Sumud” gumanitar flotiliyasiga qarshi so‘nggi amaliyoti may oyining o‘rtalarida xalqaro suvlarda sodir bo‘lgan. Unda faollar tizzalab o‘tirgan, qo‘llari plastik bog‘ichlar bilan bog‘langan holda tasvirlangan. Ushbu kadrlar xalqaro miqyosda keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan edi.

Videoda Ben-Gvirning Isroil bayrog‘ini hilpiratib, qo‘lga olingan faollarni masxara qilayotgani ham aks etgan.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!