Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Italiya va Ispaniya Kaya Kallasning Ukrainaga harbiy yordamni oshirish taklifini qo‘llab-quvvatlamadi

Italiya va Ispaniya Kaya Kallasning Ukrainaga harbiy yordamni oshirish taklifini qo‘llab-quvvatlamadi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Italiya va Ispaniya Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat xizmati rahbari Kaya Kallasning 2025 yilda Ukrainaga harbiy yordamni ikki barobar oshirish taklifini qo‘llab-quvvatlashga tayyor emasliklarini bildirishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kallasning tashabbusi faqat Shimoliy va Sharqiy Yevropa davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Hatto Fransiya ham bu masala bo‘yicha savollar bildirgan.

Kiyevga yordamni oshirish masalasi 2-3 aprel kunlari Varshavada bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlarining norasmiy yig‘ilishida yana muhokama qilinishi kutilmoqda.

Kaya Kallas ushbu tashabbusni Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashgani va Yevropaning AQSh kelgusida Ukrainaga qurol yetkazib berishni davom ettirishiga shubha bildirayotgani fonida ilgari surmoqda.

Kallasning taklifiga ko‘ra, Yevropa davlatlari Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga harbiy ta’minotining o‘rnini qoplash uchun yordamni 20 milliard yevrodan 40 milliard yevrogacha oshirishi kerak. Bu tashabbusda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘ladi va bu Vengriya hamda Slovakiya kabi qarshi davlatlarning veto qo‘yishining oldini oladi.

Kiritildi: 10:55 19.03.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!