Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Italiya uchun so‘nggi umid — Eronning jahon chempionatidan voz kechishi bo‘lib qolmoqda

Italiya uchun so‘nggi umid — Eronning jahon chempionatidan voz kechishi bo‘lib qolmoqda

Italiya terma jamoasi faqat Eron terma jamoasi AQShdagi turnirga borishdan o‘z xohishi bilan voz kechgan taqdirdagina jahon chempionati yo‘llanmasiga da’vogarlik qilishi mumkin. Bu haqda FIFAdagi manbalariga tayangan holda derbyderbyderby.it nashri xabar bermoqda.

FIFA Eron terma jamoasiga qarshi hech qanday sanksiya qo‘llash niyatida emasligini qat’iy bildirdi (xuddi AQSh yoki Isroil terma jamoalariga nisbatan bo‘lgani kabi — bu masalada Federasiya o‘zini alohida siyosatdan xoli tutmoqda). Demak, italiyaliklar faqat eronliklarning turnirda ishtirok etishdan o‘zlari voz kechishidan umid qilishlari mumkin, xolos. Biroq Eron tomoni prinsipial jihatdan bunday qilmoqchi emas, shekilli, ular AQShga borishni obro‘-e’tibor masalasi deb hisoblamoqdalar.

Bu esa italiyaliklarning imkoniyatlari nolga yaqin ekanligini anglatadi.

Kiritildi: Bugun 09:34. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!