Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Italiya: “Isroil aql va insonparvarlikni yo‘qotdi”

Italiya: “Isroil aql va insonparvarlikni yo‘qotdi”

Italiya: “Isroil aql va insonparvarlikni yo‘qotdi”

Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto Isroil hukumati harakatlarini insoniylikka zid, deb atadi va Binyamin Netanyaxuni tinchlikka majburlash uchun sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini bildirdi.

La Stampa gazetasiga bergan intervyusida Krozetto Isroilning G‘azodagi harakatlarini qattiq tanqid qilib, bu harakatlar «aql va insonparvarlikni yo‘qotish» ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat shunchaki harbiy operasiya emas, balki "qonun va sivilizasiya asoslari inkor etilishi" demakdir.

“Bu holatda biz faqat gumanitar yordam bilan cheklanmasligimiz kerak. Netanyaxuni aniq fikrlashga majbur qilish uchun ta’sirchan yo‘l topishimiz zarur,” — dedi Krozetto.

U Isroilga qarshi ehtimoliy xalqaro sanksiyalar haqidagi savolga javoban shunday dedi:

“G‘azo okkupasiyasi va G‘arb sohilidagi eskalasiya yangi bosqichga o‘tdi. Bu shunday fazadirki, unda jiddiy qarorlar qabul qilinishi kerak.”

Krozetto ta’kidlashicha, bu choralar Isroil davlatining o‘ziga emas, balki "aql va insoniylikni yo‘qotgan hukumatdan o‘z xalqiga yordam berish" maqsadini ko‘zlaydi.

Italiya gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettiradi, biroq vazirning fikricha, buning o‘zi yetarli emas — hozirgi vaziyat yangi, qat’iy siyosiy yondashuvni talab qiladi, deb qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 10:17 12.08.2025. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!