"Mamlakatdagi hukmron “Italiya birodarlari” partiyasi jamoat joylarida paranji va niqob taqishni taqiqlovchi qonun qabul qilish niyatida ekanini e’lon qildi.
Qoidani buzganlarga 300 dan 3 000 yevrogacha jarima solinishi mumkin", deya xabar beradi Politico nashri.
Politico manbalariga ko‘ra, mazkur tashabbus Italiya bosh vaziri Jorja Meloni tomonidan taklif etilgan kengroq qonun loyihasining bir qismi hisoblanadi. Hujjat, shuningdek, masjidlarning moliyalashtirilishini tartibga solishni ham nazarda tutadi.