Italiya moliya gvardiyasining maxsus bo‘linmasi Amerikaning eng yirik kuryerlik kompaniyasi FedExning Italiya bo‘limidan 46 million yevro musodara qildi.
Bu haqda ANSA agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, profilaktik xususiyatga ega bo‘lgan ushbu chora mehnatdan noqonuniy foydalanish holatlarini tergov qilish bilan bog‘liq.
Milan prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergov davomida xodimlarga ijtimoiy va boshqa nafaqalar to‘lanmagani ma’lum bo‘ldi, bu esa kompaniya tomonidan uchinchi shaxslar va kooperativ birlashmalar orqali ishchilarni yollash orqali moliyaviy firibgarlikdan dalolat beradi. Moliyaviy musodara qilish haqidagi qarorni sudgacha bo‘lgan sudya tasdiqlashi kerak, deyiladi xabarda.