Italiya hukumati Apennin yarim orolini Sisiliya oroli bilan bog‘laydigan dunyodagi eng uzun osma ko‘prik loyihasini ma’qulladi, deb xabar beradi AZERTADJ.
Umumiy uzunligi qariyb 3,3 kilometr bo‘lgan ko‘prik har birining balandligi 399 metr bo‘lgan ikkita tayanch ustunga ega bo‘ladi. Loyihaning taxminiy qiymati 13,5 milliard yevroni tashkil etadi.
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ko‘prik qurilishini mamlakat uchun strategik muhim loyiha deb atadi.
O‘z navbatida, bosh vazir o‘rinbosari, transport va infratuzilma vaziri Matteo Salvini ushbu qurilish hududlar va butun mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishini ta’kidladi.
Ushbu infratuzilma loyihasi ko‘plab yangiliklarni o‘z ichiga oladi va uni amalga oshirish 6 yil davom etadi.
Infratuzilmaning yaxlitligini ta’minlash maqsadida 40 kilometrdan ortiq avtomobil va temir yo‘l qurilishi rejalashtirilgan.
Ko‘prik Janubiy Italiya va butun mamlakatni rivojlantirish uchun strategik ahamiyatga ega bo‘ladi va trans-evropa transport tarmog‘ini to‘ldirish nuqtai nazaridan milliy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Aytish joizki, ushbu loyiha Italiyada 1960 yillarning oxiridan beri muhokama qilinib kelinmoqda.