“Atalanta” A Seriyaning 33-turida “Milan”ni mehmonda mag‘lub etdi – 1:0.
Uchrashuvdagi yagona golni Ederson 62-daqiqada urdi.
“Atalanta” hisobida 64 ochko bor va chempionat jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. "Milan" 51 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
“Atalanta” 25 aprel kuni 34-turda “Lechche”ni qabul qiladi, “Milan” esa 27 aprel kuni safarda “Venesiya”ga qarshi bahs olib boradi.