Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Italiya bosh vaziri: Yevropa Putin bilan muzokaralarni boshlashi kerak

Italiya bosh vaziri: Yevropa Putin bilan muzokaralarni boshlashi kerak

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlar fonida Yevropa bilan Rossiya o‘rtasida muzokaralar olib borish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. U Rimda o‘tkazilgan yillik matbuot anjumanida shunday dedi:

«Menimcha, endilikda Yevropaning ham Rossiya bilan gaplashish vaqti keldi. Chunki agar Yevropa muzokaralarning ushbu bosqichida ishtirok etishga qaror qilsa-yu, biroq mojaroning faqat bir tomoni bilangina muloqot qilsa, u holda Yevropa qo‘shishi mumkin bo‘lgan ijobiy hissa oxir-oqibat cheklangan bo‘lib qolishidan xavotirdaman».

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron ham Kreml bilan muloqot qilishga tayyor ekanini, xususan, yaqin haftalarda Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashish niyati borligini bildirgan edi.

Kiritildi: 18:25 10.01.2026. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!