Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Italiya bosh vaziri chekishni tashlash taklifiga javob berdi

A A A
Italiya bosh vaziri chekishni tashlash taklifiga javob berdi

Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni yana chekishni boshladi — 13 yillik tanaffusdan keyin u sigaretani yana qo‘lga oldi. Buni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on payqadi. U Misrda G‘azo bo‘yicha o‘tkazilgan sammit doirasida unga shunday dedi:

"Siz juda chiroyli ko‘rinayapsiz. Ammo men sizni chekishni tashlashga majbur qilishim kerak."

Meloni esa hazil bilan javob berdi:

"Agar siz meni chekishni tashlashga majbur qilsangiz, kimnidir o‘ldirgan bo‘lardim."

Shu orada Yevropa Ittifoqi chekkashlikka qarshi kurashni kuchaytirmoqda. Yevropa Ittifoqi Kengashi filtrli sigaretalar va elektron sigaretalarni (veyp) taqiqlashni taklif qilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, filtrlar va veyplar chekshni "engillashtiradi" va shu orqali uni yanada jozibador qiladi.

Shuningdek, tamaki mahsulotlarini sotishga to‘liq taqiq joriy etish masalasi ham muhokama qilinmoqda. Bu tashabbuslar Yevropa Ittifoqida katta bahslarga sabab bo‘lmoqda.

BILD nashrining xabar berishicha, Germaniya hukumati filtrlarni taqiqlash tashabbusini "olqishlagan". Bu esa deyarli sigaretani taqiqlash bilan teng, chunki bozorga chiqarilayotgan sigaretalarning 95 foizi filtrli hisoblanadi.

Kiritildi: 08:37 16.10.2025. O'qildi: 1415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!