Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Italiya 2022 yilda olib kelingan Sumi bolalar uyining qochoq bolalarini Kiyevga qaytarishdan bosh tortmoqda

Italiya 2022 yilda olib kelingan Sumi bolalar uyining qochoq bolalarini Kiyevga qaytarishdan bosh tortmoqda


Ukraina rasmiylarining ta’kidlashicha, evakuasiya vaqtinchalik bo‘lgan va mamlakatda bolalar qaytishi uchun xavfsiz joylar yetarli. Biroq Italiya sudlari mahalliy qonunchilikka tayanib, voyaga yetmaganlarni urush ketayotgan hududga qaytarishni taqiqlayapti.

Vaziyat ayniqsa aprel oyida, 15 yoshli ukrainalik bola italiyalik oila tomonidan farzandlikka olingani va Ukraina ombudsmani Rimni hamkorlik qilmaslikda ayblaganidan keyin yanada keskinlashdi.

Bolalarni qabul qilgan italiyalik vasiylar va mezbon oilalar ularni urush tugaguncha mamlakatda qoldirishni so‘rashmoqda. Ularning fikricha, bolalar yangi muhitga moslashib bo‘lgan va ularni xavf ostiga qo‘yish to‘g‘ri emas.

Bolalar manfaatlarini himoya qilish uchun tashkil etilgan petisiya qisqa vaqt ichida 18 000 dan ortiq imzo to‘pladi. Avvalroq xuddi shunday bolalarni qaytarish bilan bog‘liq nizoli vaziyat Avstriyada ham kuzatilgan edi.

Kiritildi: Bugun 20:48. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!