Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Itadiyada Falastin tarafdorlari va polisiya o‘rtasida yirik to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Itadiyada Falastin tarafdorlari va polisiya o‘rtasida yirik to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Italiyaning Milan shahrida falastinliklarning G‘azo sektorida ommaviy o‘ldirilishiga qarshi norozilik namoyishlari namoyishchilar va polisiya o‘rtasida to‘qnashuvlarga olib keldi.

Reuters agentligi xabar berishicha, 60 nafar polisiyachi yaralangan, 10 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan.

Polisiya Milan markaziy vokzalida namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan, deya xabar beradi voqea guvohi. Ba’zilari qora libosda, boshqalari Falastin bayrog‘ini hilpiratgan namoyishchilar to‘qnashuvlar chog‘ida stansiya oynasini ustun bilan sindirib, polisiyaga stul uloqtirishdi.

Rimda o‘n minglab odamlar ishtirok etgan yurish faollarning "Sapiyensa" universitetining fakultet binosini egallashi bilan yakunlandi. Dengizchilar, shuningdek, falastinliklar bilan birdamlik uchun portlarni blokirovka qilishdi.

Venesiya portida polisiya namoyishlarni tarqatish uchun suv purkagichlardan foydalangan. Ishchilar Genuya, Livorno va Triyest, Bolonya, Neapol va boshqa shaharlar portlarida ham norozilik namoyishlari o‘tkazdilar.

Oldinroq Italiyaning 75 dan ortiq shahrida Unione Sindacale di Base (USB) kasaba uyushmasi tomonidan G‘azo sektori aholisi bilan birdamlik uchun uyushtirilgan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 08:30 23.09.2025. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!