Yig‘ilishda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun hududlarda yuqori tezlikdagi internet kerakligi ta’kidlandi.
O‘tkazilgan so‘rovlarda IT park rezidentlarining 33 foizi hududlarda internet tezligi pastligini aytgan.
Xalqaro magistral yo‘llarning muayyan qismlari mobil internet bilan qamrab olinmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois Raqamli texnologiyalar vazirligiga kelgusi yilda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun xorijiy investisiyalar jalb qilish topshirildi.