Prezident farmoni bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi.
▪️ Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
➖ kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
➖ kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
➖ kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
➖ davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko‘maklashish.