Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Istig‘for

Istig‘for

Gunohlaringiz ustidan mulohaza yuritib, benihoya uyalish va tavoze bilan kuniga yuz marotaba istig‘for ayting:

أَسْتَغْفِرُ اللهَ رَبِّى مِنْ كُلِّ ذَنْبِ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ

Astag‘firullaha robbii min kulli zanbi va atuubu ilayhi.

(Ma’nosi: Robbimdan barcha gunohlarim uchun kechirim so‘rayman va Unga tavba qilaman).

Agar uyat va afsusdan ko‘zingiz yoshlanmasa, hech bo‘lmaganda bu holatlar yuzingizda o‘z ifodasini ko‘rsatsin. Ko‘z yoshingiz shunchalik haqiqiy bo‘lsinki, ularning to‘kilishi qabul bo‘lsin. Gunohlarini kechirilishini so‘rab dangasalik va e’tiborsizlik bilan aytilgan istig‘for noo‘rindir va buning o‘zi yana istig‘for aytish uchun yetarlidir. Inson gunohlari uchun faqatgina kechirim so‘rabgina qolmay, o‘zida shakllangan yomon odatlarni bartaraf etishga urinmog‘i lozim.

Robbimizga yig‘lab iltijo qilish uchun, subhdan oldingi tahajjud namozini o‘qishga uyg‘ona olishimizning o‘zi ham bir baxtdir.

U xoh Attor bo‘lsin, xoh Rumiy, yo G‘azzoliy,
Subhga yaqin to‘kmasdan ko‘z yosh, hech narsaga erishmas.

Bugungi kunda ko‘pchilik anvoyi mevalarning ta’mlaridan rohatlanishadi-yu, ammo subh vaqtidan oldingi tahajjud namozini o‘quvchi inson his etadigan zavqu-shavq ta’midan yiroqdadirlar. Tahajjud namozini kechalari turib kuchli istak bilan, g‘am-anduh bilan iltijo uchun ado etadigan insonlar qayerda qoldi?

Sizning yig‘inlaringiz tugadi, siz izlayotganlar o‘tdi-ketdi.
Endi yo‘qdir sahardagi nolalar-u ko‘z yoshlar.

Ba’zi ayollar kun davomida uylarini tozalab zavqlanishadi. Qaniydi ular o‘sha kunlari davomida ozgina vaqtlarini istig‘for va zikr aytib qalblarini ham tozalashga sarf etishsa

Mening muhtarama singlim! Solihlikning nurlari qanchalik so‘nib borayotgani sayin, dunyoni zulmat shunchalik tez to‘ldirmoqda va har bir o‘tgan kun sayin bu dunyo halokatga yaqinlashmoqda.

Iymoni Uhud tog‘idek bo‘lgan iymon egalari, o‘z iymonini har onda yo‘qotishdan qo‘rqib yashashgan edi. Biz esa, arzimas iymonimiz bilan iymonli holda o‘lishimizga qat’iy ishonchdamiz.
Bu hadya qimmatbaho hazina sari eltadigan yo‘ldir. Biz iymonimiz mustahkamligiga qanchalik e’tibor beramiz?! Shuning uchun ham har kun tavba qilishimiz zarur. U bizning burchimiz va huzur halovatimizdir. Alloh taolo ikki tomchini shahidning tanasidan to‘kilgan qon tomchisini hamda uyat va pushaymonlikdan to‘kilgan ko‘z yoshini yaxshi ko‘radi.

Robbim olmos kabi qabul qildi,
Uyatdan to‘kilgan ikki tomchi ko‘z yoshim.

Onada o‘z bolasiga nisbatan juda kuchli muhabbat bo‘ladi va u bolasini har qanday vaziyatda o‘z panohiga oladi. Onaning muhabbati chiqib bo‘lmaydigan yuksak tog‘dir, tubiga yetib bo‘lmaydigan ummondir. Agar qaysar o‘g‘il onaning poyiga tiz cho‘kib pushaymonlik va uyalish bilan kechirim so‘rasa, onasi unga mehr ko‘rsatib, jahli chiqqanligiga qaramasdan kechiradi.
Bu rivoyatning ma’nosiga e’tibor bering: Agar yetmish onaning mehrini birlashtirilsa ham, Alloh taoloning o‘z bandalariga nisbatan mehriga yetolmas. Agar ko‘zingizdan tavba ko‘z yoshlari oqsa, sizga Allohning marhamati to‘kiladi. Bu, Alloh taoloning marhamati har narsadan ustun ekanligi sababidandir.

Agar kimdir ming yillar davomida gunoh ish qilgan bo‘lsa, u Allohning cheksiz marhamati oldida ozdir. Agar u chin qalbdan gunohlariga tavba qilib nadomat cheksa, uning gunohlari kechiriladi va tavbasi qabul qilinadi. Xabarlarda aytilishicha, Alloh taolo quyidagilarni e’lon qilgandir:

Agar sizning gunohlaringiz dunyodagi jamiki daraxtlardagi barglardan-da ko‘p bo‘lsa, osmonlardagi jamiki yulduzlardan-da ziyodroq bo‘lsa, ummon ko‘piklaridan ko‘proq bo‘lsa ham, va hatto cho‘ldagi qum zarralaridan ko‘p bo‘lganida ham, ular Uning marhamati oldida ozdir .

Bundan tashqari, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisi Qudsiyda, Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

Agar sizlardan birortangiz tavba qilsangiz-u yana gunohga qaytsangiz, yana tavba qilib yana qaytsangiz, bilingki sizlar yuz marotaba tavba qilib qaytgan taqdiringizda ham, Mening (rahmat) eshiklarim doimo ochiqdir, kelsangiz tavbangizni qabul qilaveraman .

QAMAR sahifasidan

Azon.uz

Kiritildi: 16:33 07.01.2019. O'qildi: 225166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!