Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “P.G.” MCHJ hamda “M.R.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘konlarida tegishli hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi qalbaki aksiz markali jami 1 941 dona iste’molga yaroqsiz alkogol va 417 quti tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.