Hozirda hibsda bo‘lgan shahar hokimi Ekrem Imomo‘g‘luning vakolatlarini Respublika Xalq partiyasi ((Cumhuriyet Halk Partisi) shahar kengashi a’zosi Nuri Aslan amalga oshiradi.
Bu haqda Haber Global xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qaror Ekrem Imomo‘g‘luning shaxsiy tashabbusi bilan qabul qilingan.
Qayd etilishicha, Ekrem Imomo‘g‘lu tomonidan qo‘lda yozilgan "ishonchnoma" bo‘yicha hujjat hokimlik idorasiga taqdim etilgan.