Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Istanbulning to‘rt tumanida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi

Istanbulning to‘rt tumanida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi

Istanbulning to‘rt tumanida bir kunga ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi.

Bu haqda shahar ma’muriyati shunday qaror qabul qilgan.

Cheklovlar bir necha guruhlar tomonidan shaharda noqonuniy yig‘ilishlar, yurishlar va norozilik namoyishlari o‘tkazish rejalari haqida olingan ma’lumotlardan so‘ng kiritildi.

Bu voqealar "tinchlik va jamoat tartibini buzishi, shuningdek, provokasiyalarga olib kelishi" inobatga olinib, Beyo‘g‘lu, Bayrampasha, Kagithane va Shishli tumanlarida 26 oktyabr kuni Turkiya vaqti bilan soat 12:01 dan 23:59 gacha barcha ommaviy tadbirlar taqiqlandi.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!