Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Istanbuldan qaytgan fuqaro tillalarni g‘ayritabiiy tarzda yashirgani fosh bo‘ldi

Istanbuldan qaytgan fuqaro tillalarni g‘ayritabiiy tarzda yashirgani fosh bo‘ldi

Bugun, 10 iyul kuni taxminan soat 09:30 larda «Istanbul-Toshkent» yo‘nalishidagi 368-sonli reysda uchib kelgan va «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan yo‘lovchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi H.S.ning o‘zini tutishi bojxona xodimlarini sergaklikka tortdi.

Fuqaroning tegishli yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida uning 1 dona qora rangli qo‘l sumkasi ichida belgilangan tartibda bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, o‘g‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, jismoniy shaxlar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish me’yoridan ortiqcha umumiy og‘irligi taxminan 15 gramm bo‘lgan oq rangli metalldan yasalgan, oq rangli toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari va yo‘lovchi qo‘lida ushlab turgan poliyetilen paket bilan o‘ralgan antiperspirant ichiga berkitilgan umumiy og‘irligi taxminan 61 gramm bo‘lgan sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Aniqlangan zargarlik buyumalarining muqobil manbalarda belgilangan qiymatiga asosan taxminiy narxi 58 565 000 (ellik sakkiz million besh yuz oltmish besh ming) so‘mni tashkil etmoqda.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:45 10.07.2024. O'qildi: 1764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!