Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Istanbuldagi muzokara: Memorandum qaysi tillarda taqdim etgangan?

 Istanbuldagi muzokara: Memorandum qaysi tillarda taqdim etgangan?

Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegasiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Ukraina o‘z memorandumini ukrain va ingliz tillarida taqdim etganini ma’lum qildi.

RT telekanalining Medinskiyga tayanib xabar berishicha, Rossiya tomoni Ukrainadan tinchlik bitimi bo‘yicha memorandumni ikki tilda — ukrain va ingliz tillarida olgan.

"Hechqisi yo‘q, biz uddaladik. Bizning delegasiyamizda turli tillarni biladigan odamlar bor. Agar kerak bo‘lsa, ikkitasi yapon tilini yaxshi biladi", — dedi Medinskiy.

Avvalroq Reuters Ukraina delegasiyasi Istanbuldagi muzokaralarning ikkinchi raundida Rossiyaga taqdim etishni rejalashtirgan tinchlik takliflarining to‘liq matnini e’lon qilgandi.

Rossiya tomoni esa hozirgacha o‘z memorandumi variantini taqdim etmagan. “Interfaks” manbalariga ko‘ra, Moskva ushbu hujjatni bevosita muzokaralar vaqtida taqdim etishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 13:01 02.06.2025. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!