Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Istanbulda tinchlikka yangi qadam: Rossiya va Ukraina 1000 kishi almashishi bo‘yicha kelishdi!

Istanbulda tinchlikka yangi qadam: Rossiya va Ukraina 1000 kishi almashishi bo‘yicha kelishdi!

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Istanbulda bo‘lib o‘tgan Rossiya va Ukraina delegasiyalari uchrashuvi natijalari haqida gapirdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

"Bugun tinchlikka erishish uchun muhim kun. Shiddatli diplomatik sa’y-harakatlar tufayli Rossiya va Ukraina delegasiyalari Turkiya vositachiligida Istanbulda uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida ular ishonchni mustahkamlash maqsadida 1000 kishiga 1000 formatida almashish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Ular, shuningdek, sulhga erishish imkonini beradigan shartlarni yozma ravishda almashishga rozi bo‘lishdi. Tomonlar, shuningdek, yangi uchrashuv bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdilar. Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasida mustahkam tinchlikka erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda davom etadi," - dedi u.

Kiritildi: 20:20 16.05.2025. O'qildi: 1609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!