Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy ma’lum qildi
"25 iyul kuni Istanbulda Eron va Yevropa uchligi davlatlari (Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya) o‘rtasida Eron yadroviy dasturi atrofidagi inqirozni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tadi", — dedi Bag‘oiy davlat televideniyesi efirida.
Unga ko‘ra, uchrashuv Tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida bo‘lib o‘tadi. Erondan Majid Taxt-Ravonchi va Kozim G‘aribobodiy ishtirok etadi.