Istanbulda ISHIDga qarshi uyushtirilgan operasiyada 6 kishi qo‘lga olindi.
Bu haqda Istanbul bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, tergov doirasida ISHID tashkilotini moliyalashtirishda ishtirok etgan gumonlanuvchilar qo‘lga olingan.
"Istanbulda yashovchi sakkiz nafar gumonlanuvchi yig‘ilgan pullarni keyinchalik terror tashkilotiga o‘tkazish uchun Adanada Ramazon S. ismli gumonlanuvchiga topshirgani aniqlandi. Operasiya davomida xavfsizlik kuchlari 7 nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Sud qaroriga ko‘ra, ulardan olti nafari hibsga olindi, biri qo‘yib yuborildi" - deyiladi xabarda.