2025 yil 14 yanvar kuni Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga qo‘lbola spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlanib vafot etgan 5 nafar yurtdoshlarimizning yaqin qarindoshlari murojaat qildi.
Ushbu noxush holatlar Istanbul shahrining Aksaray tumanida sotib olingan spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yuzaga kelgan.
Vafot etgan fuqarolarimiz asosan 35–40 yoshdagi erkaklar bo‘lib, ularning barchasi voyaga yetmagan farzandlarni yetim qoldirdi.