Rossiya va Ukraina o‘rtasida 15 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan tinchlik muzokaralari mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin. Bu haqda turkiyalik siyosatshunoslar, professor Yasar Onay va professor Vishne Korkmazlar Anadolu’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Xususan, siyosiy fanlar doktori, Istanbul universiteti professori Kent Yasar Onay muzokaralar mojaroda muhim burilish nuqtasi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Professorning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat muloqot boshlangani, balki muhokama qilinayotgan mavzularning chuqurligi, tomonlarning haqiqiy yon berishga tayyorligi ham muhim.
Onay, tinchlik muzokaralari jarayoni barqaror va ko‘p qatlamli bo‘lishi, jumladan o‘t ochishni to‘xtatish, siyosiy yechim va xavfsizlik kafolatlari bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Professor Turkiyaning diplomatik salohiyatiga ham e’tibor qaratdi. “O‘zining geografik joylashuvi, NATOga a’zoligi va Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni saqlab qolishi tufayli Turkiya vositachi sifatida noyob salohiyatga ega”, dedi u.