Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

“Istanbul sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi” — Bosh konsulxona munosabati

“Istanbul sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi” — Bosh konsulxona munosabati

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, Turkiyada o‘ldirilgan Sayyora Ergashaliyeva va Durdona Hakimova yaqin dugona bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yanvar kuni ular gumonlanuvchilar bilan Istanbulning Fotih tumanidagi restoranda uchrashgan. 23 yanvar kuni Sayyora Ergashaliyeva pichoqlab o‘ldirilib, jasadi bo‘laklangan holda chiqindi qutisiga tashlangan. Keyin uning telefoni orqali Durdona Hakimova chaqirib olinib, u ham xuddi shu tarzda o‘ldirilgan.

Bosh konsulxonaga ko‘ra, OAVda jasad topilgani haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, Istanbul sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmagan. Holat konsulxona nazoratida, tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:44. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!