Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Istanbul prokuraturasi Erdo‘g‘anning siyosiy raqibi Ekrem Imamog‘lu uchun korrupsiya ayblovi bo‘yicha 2352 yilgacha qamoq jazosi so‘ramoqda

 Istanbul prokuraturasi Erdo‘g‘anning siyosiy raqibi Ekrem Imamog‘lu uchun korrupsiya ayblovi bo‘yicha 2352 yilgacha qamoq jazosi so‘ramoqda

"Istanbul bosh prokuraturasi joriy yil mart oyida hibsga olingan shaharning sobiq meri Ekrem Imamog‘lu ishi bo‘yicha ayblov xulosasini e’lon qildi. Prokuratura unga korrupsiya ishida 2352 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi so‘ragan", deya xabar bermoqda TRT Haber.

Prokuraturaga ko‘ra, Imamog‘lu ishtirokidagi korrupsiya ishi natijasida davlatga yetkazilgan zarar 160 milliard turk lirasi (taxminan 3,7 milliard dollar) va qo‘shimcha 24 million dollarni tashkil etadi. Qayd etilishicha, prokuratura Imamog‘lu uchun 828 yildan 2352 yilgacha qamoq jazosini talab qilgan.

Kiritildi: 19:37 11.11.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!