Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Istanbul merining hibsga olinishi Erdo‘g‘anga aloqador emas — adliya vaziri

Istanbul merining hibsga olinishi Erdo‘g‘anga aloqador emas — adliya vaziri

Korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘li o‘z tarafdorlarini “tushkunlikka tushmaslikka va umidni yo‘qotmaslikka” chaqirdi. Bu haqda siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Ria NOVOSTIning yozishicha, Turkiya sudi korrupsiyada gumon qilinayotgan Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘lini hibsga olishga qaror qildi, deb xabar berdi yakshanba kuni "Sözcü" telekanali. Biroq ikkinchi terror ishi bo‘yicha tergovda hibsga olish haqidagi so‘rov rad etildi, deya xabar bermoqda "Star" gazetasi rasmiy manbalarga tayanib. Imomo‘g‘li bilan birga bir qator yuqori lavozimli amaldorlar hibsga olingan, jami 90 dan ortiq kishi sud ishida ishtirok etmoqda. "Halk TV" telekanali xabariga ko‘ra, Imomo‘g‘lu uni hibsga olish haqidagi sud qarori ustidan shikoyat qilishi mumkin. Faqat Konstitusiyaviy sud shubhasiz yakuniy qaror qabul qila oladi.

Rasmiylar xavfsizlik choralarini kuchaytirib, shaharda har qanday miting va namoyishlarni taqiqlaganiga qaramay, Istanbul merining hibsga olinishi ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Imomo‘g‘lining hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyatni izohlar ekan, muxolifatning polisiya va sud tizimiga siyosiy bosim o‘tkazishga urinishlari haqida gapirgan edi. Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunch, o‘z navbatida, Imomo‘g‘li hibsga olinganidan keyin ko‘cha namoyishlarini boshlamaslikka chaqirib, bu holatning Erdo‘g‘on bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Kiritildi: 15:40 23.03.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!