Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi

Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi

“Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1073-son, 07.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qonunga ko‘ra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

🔹 davlat hisobini yuritish;

🔹 maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash;

🔹 issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash.

📝 Shuningdek, yuridik shaxslar, YATT va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.

✔️ O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to‘liq tasarruf etiladi.

🔗 "Yashil" loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uglerod birliklari reestriga kiritiladi.

📃 Bundan tashqari, Qonunda “yashil” loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklari verifikasiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 15:45 08.07.2025. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!