Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Issiqlik ta’minoti ob’ektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi

A A A
Issiqlik ta’minoti ob’ektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi

Bu haqda AOKAda “Issiqlikta’minoti” AJ rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilda investisiya dasturi doirasida respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan issiqlik ta’minoti ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizasiya qilish uchun 500,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Investisiya dasturi doirasida respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 2025-2029-yillarda issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,632 ming km issiqlik tarmoqlarini, shu jumladan, 2025-2026 yillarda 18 ta qozonxona va 258 km issiqlik tarmoqlari yangilanadi.

Hududlardagi 8 ta qozonxona va 80 km issiqlik tarmoqlarida qurilish va modernizasiya ishlari, 25 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qozonxona va issiqlik tarmoqlari qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyihalarni amalga oshirish natijasida hududlardagi 35 mingdan ortiq xonadondan iborat 1 084 ta ko‘p qavatli uylar va 110 ta ijtimoiy soha ob’ektlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, issiqlik ta’minoti tizimini “yopiq” tizimga o‘tkazish uchun qo‘shimcha 50 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratiladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida 9 ta loyiha, jami quvvati 756 MVt bo‘lgan 8 ta qozonxona va 403 km issiqlik tarmoqlarini modernizasiya qilish, 2 105 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Loyihalarni amalga oshirish natijasida hududlardagi 83 mingdan ortiq xonadondan iborat 1 850 ta ko‘p qavatli uylar va 418 ta ijtimoiy soha ob’ektlarini issiqlik energiyasi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda davlat-xususiy sheriklik asosida Nukus va Buxoro shaharlari issiqlik ta’minoti tizimlarida bir vaqtning o‘zida ikki turdagi energiya ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi kogenerasiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarga start beriladi.

Loyihalarni amalga oshirish natijasida hududlardagi 121 mingdan ortiq xonadondan iborat 2 634 ta ko‘p qavatli uylar va 480 ta ijtimoiy soha ob’ektlarini issiqlik energiyasi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 20:12 23.05.2025. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!