Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 410 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Bayt Lahiya va Nusayrat lageriga hujum qildi. Bir kunda 50 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 43 922 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Bosqinchilar 2500 ga yaqin qochqinlarni Bayt Lahiyadagi maktabni tark etishga majbur qildi. 49 kishi hibsga olinib, noma’lum joyga olib ketilgan.
▪️Al-Qassam brigadalari G‘azo shimolidagi Bayt Lahiya hududida 5 ta ishg‘ol askarini yo‘q qildi. Rafah va Bureyj lageridagi askarlar hujumga uchradi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Nablus, Jenin, Qalqilya va Tulkarmga bostirib kirdi. Nablusda bosqinchilar 18 yoshli o‘smirni o‘ldirdi. Jenin shahrida qarshilik kuchlari va bosqinchilar o‘rtasida shiddatli janglar ketmoqda.
▪️"Hizbulloh" Tel-Aviv, Nahariya, Kiryat Shmona shaharlariga raketa hujumlarini uyushtirdi. Jumladan, Tel-Avivga yo‘llangan raketa zarbasi oqibatida besh kishi jarohatlandi. Shfaramda uch qavatli turar joy binosiga raketa tushib, 41 yoshli ayol halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi.
▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: kecha tunda Isroilning Bayrut markazidagi bozorni bombalashi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi yaralandi.
▪️G‘azo polisiyasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus amaliyotda gumanitar yordam ortilgan yuk mashinalarini talon-toroj qilgan to‘daga a’zo 20 falastinlik halok bo‘ldi.
▪️G20 sammiti ishtirokchilari G‘azo va Livanda keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatladi.