Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Isroilning Livanga zarbalari oqibatda kamida 254 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq odam jarohatlandi

Isroilning Livanga zarbalari oqibatda kamida 254 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq odam jarohatlandi

Isroil 8 aprel kuni Livan poytaxti Bayrut markazidagi aholi zich yashaydigan savdo va turar joy hududlariga ogohlantirishsiz zarbalar berdi. Aviahujumlar AQSh va Eron o‘t ochishni to‘xtatishga kelishganidan bir necha soat o‘tib amalga oshirildi. Livan sog‘liqni saqlash vaziri Rakan Nasiriddin mamlakat bo‘ylab “100 dan ortiq havo hujumlari” uyushtirilganini aytdi.

Aviahujumlar Bayrut, Bekaa vodiysi va Livan janubidagi hududlarga qaratilgan. Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas hujumlarda “Hizbulloh” infratuzilmasi nishonga olinganini da’vo qildi.

“Hizbulloh” hujumlarni qoralab, tinch aholi punktlari nishonga olinganini ma’lum qildi. Livan parlamenti spikeri Nabih Berri buni “to‘liq harbiy jinoyat” deb atadi. BMTning Livan bo‘yicha maxsus koordinatori Janin Hennis ham Isroil hujumlari “davom etishi mumkinmasligini” aytdi.

Kiritildi: Bugun 13:19. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!