Seshanba kuni ertalabdan beri Livanda Isroilning hujumlari 31 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 40 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Mehr nashri Livan Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar tarqatdi.
Vazirlik halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida ayollar va bolalar borligini ta’kidladi.
Avvalroq Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil Mudofaa Kuchlari "Arslonning g‘uvillashi" operasiyasi boshlanganidan beri Livanning "Hizbulloh" guruhining taxminan 2500 jangarisini yo‘q qilganini ma’lum qilgan edi.