Fransiya Isroilning Livandagi harakatlari sababli BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirishni so‘radi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ma’lum qildi.
«Men BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirishni so‘radim», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Vazir Tel-Avivning xatti-harakatlarini qabul qilib bo‘lmas deb atadi va bu operasiyani «jiddiy xato» deb baholadi.