Al Jazeera telekanali operatori G‘azo sektorining markaziy qismida Isroil havo hujumida halok bo‘ldi.
Bu haqda Qatar telekanali o‘z bayonotida e’lon qildi.
"Ahmed Vishah G‘azo sektorining markaziy qismidagi Al-Bureyj qochqinlar lageridagi turar-joy binosiga Isroil havo hujumida halok bo‘ldi", deb xabar berdi Al Jazeera.
Kanal rahbariyati hujumni qattiq qoraladi. "Bu barcha xalqaro qonunlar va normalarning qo‘pol ravishda buzilishi bo‘lib, jurnalistlarni ta’qib qilish va haqiqat ovozini o‘chirish bo‘yicha davom etayotgan tizimli siyosatni aks ettiradi", deyiladi bayonotda.
Aniqlik kiritilishicha, Isroil mudofaa kuchlarining Falastin anklaviga qilgan so‘nggi zarbalari natijasida Vishah ham qo‘shilgan holda 10 kishi halok bo‘lgan.