2023 yil 7-oktabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumida kamida 47 035 falastinlik halok bo‘ldi, 111 091 nafari yaralandi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 24 soat ichida 60 kishi halok bo‘lgani, yana 62 kishining jasadi topilganini ma’lum qildi.
Avvalroq G‘azoning favqulodda qutqaruv agentligi qulagan binolarning katta vayronalari orasidan 10 mingga yaqin ko‘milgan jasadlarni qidirish ishlari davom etayotganini ma’lum qilgandi.