Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Isroilning G‘azo shahridagi boshpanaga hujumi natijasida 13 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi vayronalar ostida qoldi

Isroilning G‘azo shahridagi boshpanaga hujumi natijasida 13 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi vayronalar ostida qoldi

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlari oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, 105 kishi jarohat oldi.

G‘azo shahridagi boshpanaga kechasi jinoyatchi Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida yana bir necha falastinlik kuyish jarohatlaridan vafot etdi. Bu yerda halok bo‘lganlar soni kamida 13 kishiga yetdi. Xabarlarga ko‘ra, 6 kishi hamon vayronalar ostida qolmoqda.

Maktab-boshpana chorshanba kuni G‘azoda zarba berilgan bir nechta joylardan biri edi. G‘azo fuqarolik mudofaasi xodimlarining aytishicha, yaqin atrofdagi ikkita uydan yana to‘rtta jasad topildi.

"Al Jazeera" telekanali muxbiri Hani Mahmudning G‘azo shahridan xabar berishicha, qutqaruv guruhlari vayronalar ostida yana kamida olti nafar jabrlanuvchi borligini bilishadi, ammo ulargacha yetib bora olmayapti.

"Bu faqatgina ularning hududga kira olmasligida emas," - deydi u. "Ularda vayronalarni tozalash va jasadlarni chiqarib olish uchun zarur bo‘lgan og‘ir texnika ham yo‘q."

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, so‘nggi 24 soat ichida hudud bo‘ylab jami 39 kishi halok bo‘lgan va 105 kishi jarohat olgan.

So‘nggi hujumlar Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos HAMASni G‘azodagi qolgan isroillik asirlarni ozod qilishga undagan paytda sodir bo‘ldi.

G‘azoni boshqarayotgan va Abbosning Falastin ma’muriyati bilan raqobatlashayotgan HAMAS barcha asirlarni Isroil to‘liq chekinishi va urush butunlay to‘xtatilishi evaziga ozod qilishini aytdi. Biroq, HAMAS Isroilning qurolsizlanish talabini "qizil chiziq" deb atab, rad etdi.

Kiritildi: 21:28 23.04.2025. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!