Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroilning G‘azo sektoriga ikki yillik harbiy hujumlari oqibatida 19 ming falastinlik talaba halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga ikki yillik harbiy hujumlari oqibatida 19 ming falastinlik talaba halok bo‘ldi

Falastin Ta’lim vazirligining Butunjahon bolalar huquqlari kuni munosabati bilan e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra, ikki yil davom etgan Isroilning G‘azo sektoriga qilgan harbiy hujumlari oqibatida 19 ming falastinlik o‘quvchi halok bo‘lgan, 28 mingga yaqin kishi yaralangan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Isroilning 2023 yil 7 oktyabrda boshlagan va ikki yildan ortiq davom etgan G‘azodagi «genosid» tufayli falastinlik bolalar eng katta qurbonlikni bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumlari natijasida G‘azodagi yuzlab maktablar va bolalar bog‘chalari vayron qilingan yoki jiddiy zarar ko‘rgan.

Qayd etilishicha, G‘azo sektoridagi mazkur өңlik davrda 19 ming maktab yoshidagi bola halok bo‘lgan, 28 mingga yaqin o‘quvchi esa jarohatlangan.

Shuningdek, Isroil armiyasi va yahudiy ko‘chmanchilarning ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohilda falastinlik bolalarga nisbatan zo‘ravonliklari davom etayotgani qayd etilgan.

Falastin ma’muriyati xalqaro hamjamiyatni falastinlik bolalar va talabalarni himoya qilish, ularning ta’lim sharoitlarini yaxshilash uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning G‘azodagi genosidi natijasida 69 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, 170 mingdan ziyod kishi yaralangan.

Kiritildi: Bugun 15:18. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!