Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroilning Eronga hujumidan so‘ng AQSh o‘z harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubormoqda

Isroilning Eronga hujumidan so‘ng AQSh o‘z harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubormoqda

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

"Qo‘shma Shtatlar Isroilning Eronga uyushtirgan zarbalariga javoban Tehron tomonidan ehtimoliy qarshi hujum harakatlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yaqin Sharq mintaqasiga harbiy resurslarni, jumladan, harbiy kemalarni yubordi", deb xabar bermoqda agentlik ikki nafar amerikalik rasmiyga tayanib.

Manbalarga ko‘ra, AQSh harbiy-dengiz kuchlari USS Thomas Hudner esminesini Sharqiy O‘rta yer dengizi tomon yo‘llagan. Shuningdek, yana bir esmines mintaqa tomon harakatlana boshlagan.

Kiritildi: 20:15 13.06.2025. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!