Planet Labs PBC tomonidan e’lon qilingan sun’iy yo‘ldosh suratlari shikastlangan ob’ektlarning bir qismi Tehron yaqinidagi Parchin Eron harbiy bazasida ekanligini ko‘rsatadi.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Eron o‘tmishda ham bazada yadro quroli uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan portlovchi moddalarni sinovdan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
Tahlilchilarning fikricha, yer osti tunnellari va raketa ishlab chiqarish inshootlari joylashgan qo‘shni Xojir harbiy bazasida ham zarar qayd etilgan.
Eron harbiylari to‘rt eronlik askar halok bo‘lgani haqida xabar bergan bo‘lsada, erta tongda Isroil hujumidan so‘ng Xojir va Parchin bazalariga zarar yetganini tasdiqlamadi.