Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroilning aytishicha, XAMAS topshirgan uchta jasad isroillik mahbuslarga tegishli emas

Isroilning aytishicha, XAMAS topshirgan uchta jasad isroillik mahbuslarga tegishli emas

Isroil tomoni G‘azodagi oteshni to‘xtatish va asir almashish kelishuvi doirasida 31 oktyabr kuni XAMAS tomonidan topshirilgan uch nafar jasad qoldiqlari hech bir isroillik mahbusga tegishli emasligini ma’lum qildi.

Tel-Avivdagi Abu Kabir sud-tibbiy institutida o‘tkazilgan identifikasiya natijalariga ko‘ra, jasad qoldiqlari isroillik asirlar bilan bog‘liq emasligi aniqlangan.

Isroil OAVning yozishicha, XAMAS jasadlar shaxsi aniqlanmagani haqida Isroil tomonini oldindan xabardor qilgan.

Juma kuni XAMAS asirga olingan isroilliklarga tegishli deb hisoblangan uchta jasad qoldiqlarini Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillariga topshirgan edi.

Qoldiqlar shaxsini aniqlash uchun Tel-Avivdagi sud-tibbiy institutiga yetkazilgan.

Ma’lumot uchun, G‘azoda 10 oktyabrdan kuchga kirgan sulh kelishuvi doirasida tirik asirlar almashinuvidan so‘ng 28 nafar isroillik mahbusning jasadi G‘azo sektorida qolgan.

XAMAS avvalroq 19 nafar jasadni Isroilga topshirgan, biroq tekshiruv natijalariga ko‘ra, ulardan biri G‘azoda qolgan mahbuslarga tegishli emasligi, ikkinchisi esa avval asirga olingan shaxsning tanasi qismlaridan iborat ekani ma’lum bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda G‘azo sektori hududida 11 nafar isroillik mahbusning jasadi saqlanmoqda.

Kiritildi: 14:59 02.11.2025. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!