Isroilda hukumatning G‘azo sektorida urushni kuchaytirish borasidagi qaroriga qarshi namoyishlar boshlandi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, namoyishchilar yo‘llarni to‘sishmoqda va maydonlarda ommaviy namoyishlar uyushtiromqda. Polisiya 32 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu namoyishchilarni tanqid qildi va hukumat G‘azo sektorini to‘liq nazoratga olish qarorida qat’iy qolishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urushni to‘xtatish uchun o‘tkazilayotgan namoyishlar «7 oktyabrdagi yovuzliklar qayta-qayta sodir bo‘lishiga olib keladi».