Lionel Messi dekabr oyida Sirin brendining namoyishi munosabati bilan tashkil etilgan matbuot anjumaniga tashrif buyurdi. Ma’lumot uchun, Messi mazkur tashkilotning elchisi hisoblanadi. Ana shu tadbirda, tabiiyki, argentinalik yulduz barchaning diqqat-e’tiborida bo‘ldi.
Jumladan, isroillik modelyer Yael Shelbiya Messi bilan yonma-yon yurdi. Keyin u bilan suratga tushdi. Hatto modelyerning kiyinish uslubi Messini biroz noqulay holga solib ham qo‘ydi. Ammo Shelbiya bunga parvo qilmadi. Eurosport.ru nashrining yozishicha, isroillik sohibjamol Antonella Rokusso (Messining rafiqasi)ning o‘rnini egallashi mumkin ekan.